So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Kosonsoy tumanining ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 124,1 mlrd so‘mga yetib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 96,4 foizni tashkil etgan.

Oʻzbekiston 2024- yilning yanvar-iyul oylarida xorijga qiymati 13 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 4,3 mln metr kvadrat  gilam eksport qilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Norin tumanining tashqi savdo aylanmasi 26,5 mln AQSH dollarini tashkil etib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 79,7 %ga yetgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Namangan shahrida  4 964,4 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 113,7 %ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Yangi Namangan tumanida 1 trln 966,0 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 105,9 %ga yetgan.

 2024- yilning yanvar-iyun oylarida Chortoq tumanida asosiy kapitalga 825,3 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 122,5 % ni tashkil etdi.

2024- yilning 1- avgust holatiga ko'ra, Davlatobod tumanida jami 128 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-iyul oylarida qiymati 523,3 mlrd so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari bajarilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Pop tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 765 tonna uzum yetishtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 3 tonnaga ko‘paygan. 

2024- yilning yanvar-iyul oylarida jami 21,7 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga borgan.

2024- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 215 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 taga kapaygan.

2024- yanvar-iyul oylarida Namangan viloyatida chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Namangan shahri 40,5 % bilan 4 769,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonini qo‘shgan holda 3 612 tani tashkil etdi, bu esa 2020- yilning 1- yanvar holatiga nisbatan 2 943 taga (ya’ni 18,5 barobarga) oshgan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 85,7 tonna tvorog ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimizga xorijiy davlatlardan qiymati 21,2 mln. AQSH dollari qiymatidagi tibbiyot va farmatsevtika mahsulotlari importi amalga oshirgan.

2024- yilning yanvar-iyul oyida Namangan viloyati xorijiy davlatlarga qiymati 44,2 mln. AQSH dollari qiymatidagi oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar eksportini amalga oshirgan.

2024- yilning 1- avgust holatiga Mingbuloq tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 124 tani tashkil etib, ular tomonidan jory yilning yanvar-iyul oylarida 579,3 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqrilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida jami 3 382,1 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

2024- yilning 1- avgust holatiga Mingbuloq tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish korxonalari soni 47 tani tashkil etib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-iyul oylarida jami 142,0 mlrd so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan.