So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 14- sentabr kuni Yangiqo‘rg‘on tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limida "1 – umumta’lim shakli (yillik) statistika hisobotini topshirish tartibi" mavzusida seminar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida yalpi hududiy mahsulot deflyatori indeksi 2023- yilning yanvar-iyun oylaridagi narxlarga nisbatan 111,7 foizni tashkil etdi. 

2024- yilning 1- avgust holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 26 576 tani, shundan tadbirkorlik subyektlari soni 22 277 tani tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda tijorat bank kreditlari va boshqa qarz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 5,7 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

2024-yilning yanvar-iyul oylarida Namangan viloyati sanoatida kiyim ishlab chiqarishning ulushi 12,9 %ga yetib, 1 923,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Chortoq tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 33,4 mln AQSH dollarini tashkil etib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 172,9 % ga yetgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimizda yashash va ovqatlanish sohasida ko'rsatilgan xizmatlar hajmi 353,3 mlrd soʻmni tashkil etgan.

2024- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, viloyatimiz boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda sigirlar soni 251,9 ming boshga yetdi va 2023- yilning mos davriga nisbatan 4,4 mingtaga yoki 1,8 % ko‘paydi koʻpaydi.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 134 997,0 tonna kartoshka yetishtirilgan bo‘lib,

Joriy yilning 13- sentabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

2024- yanvar-iyun oylarida sanoat iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Chortoq tumanida 11370,0 ming so‘m va Namangan shaharda 4489,9 ming so‘mni tashkil etgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, Namangan tumanining doimiy aholisi soni 194,6 ming kishini tashkil etib, 2023- yilning 1- iyul holatiga nisbatan 4,5 ming kishiga ko‘paydi.

2024- yil 1- yanvar holatiga Namangan shahrida faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalari soni 47 tani tashkil etmoqda.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 17,4  ming tonna misdan quvurlar ishlab chiqarilgan. 

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Uychi tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 189 tonna uzum yetishtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 9 tonnaga ko‘paygan. 

 2024- yilning yanvar-iyun oylarida Pop tumanida asosiy kapitalga 1855,8 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 205,4 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Mingbuloq tumanida 422,5 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 109,6 % ni tashkil etdi.