So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Namangan viloyatida 3 334,3 mlrd so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 107,3 % ni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 401,9 ming tonna donli ekinlar yetishtirilgan bo‘lib, 2023- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 2,4 % ga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda 2,0 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo‘lib, ajrimlar soni 2023- yilning mos davriga nisbatan 0,3 mingtaga kamaygan.

2024- yilning 1- avgust holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 4 551 ta bo‘lib, jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 17,1 foiz ulushini tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyul oylarida Namangan viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 330,8 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Namangan viloyatida savdo sohasidagi xizmatlar hajmi 3 trln 567,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 9,1 trln so'mni tashkil etib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 4,8 trln so'mga ko'paygan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga jami 16708,7 mlrd so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, o‘ish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 181,2 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyul oylarida Namangan viloyatida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1300,1  mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Namangan viloyati bo‘yicha 256,5 mlrd so‘mlik kimyo mahsulotlari ishlab chiqarildi.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik 15 614,3 mlrd so‘mni tashkil etdi. YAHMdagi ulushi 68,0% ni tashkil qildi.

Joriy yilning 9- sentabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o'rinbosari B. Xoliqov, Narxlar statistikasi boʻlimi xodimlari hamda hududiy statistika bo‘limi narx registratorlari ishtirokida narxlar statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatimiz boʻyicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 352,9 ming tonna sut yetishtirilgan.

Oʻzbekiston 2024- yilning yanvar-iyul oylarida qiymati qariyb 1,8 mlrd AQSH dollarlik toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.

Namangan viloyati statistika boshqarmasiga 2024- yilning yanvar-avgust oylarida jismoniy va yuridik shaxslardan 74 ta murojaatlar kelib tushgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimizda 11,8 trln soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan.