So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-noyabr oylari yakuni bilan Namangan viloyatning tashqi savdo aylanmasi 1 195,5 mln AQSh dollarini tashkil etib, o‘sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 94,9 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Namanagan viloyatida jami 11 trln 102,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 114 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 21,4 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 109,9 % ga yetdi.

 2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 38 trln 11,4  mlrd so‘mga yetib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 112,1 % ni tashkil etidi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 26 trln 969,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 108,2 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Namangan viloyati xorijiy davlatlarga qiymati 51,1 mln AQSH dollarilik mashinalar va transport asbob-uskunalari eksportini amalga oshirgan. 

Joriy yilning 20- dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ijtimoiy soha statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatimizda yirik korxonalar tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 811,5 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 144,5 mlrd so‘mga ko‘paygan.

 Joriy yilning 20- dekabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Namangan viloyatida sanoat korxonalari tomonidan qiymati 1,2 trln so‘mlik ichimliklar ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan  32,1 % ga ko‘paygan.

2024- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 738 tani tashkil etib, 2024- yilning yanvar-noyabr oylarida bu sohada 99 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Namangan viloyati 6 ta xorijiy davlatdan qiymati 8,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan jami 6,9 ming tonna  choy mahsulotlari importini amalga oshirgan.

Joriy yilning 20- dekabr kuni Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida statistika boshqarmasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida” davra suhbati tashkil etildi.

2024- yilning 1- dekabr holatiga viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari soni 6030 tani tashkil etib, shundan 306 tasi baliqchilik sohasida faoliyat ko‘rsatadi.