So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 5- noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-son qaror ijrosini ta’minlash hamda statistika tizimi xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi markaziy apparati va hududiy boshqarmalari oʻrtasida sportning mini-futbol turi boʻyicha “Direktor kubogi” musobaqasi boshlandi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan shahrining tashqi savdo aylanmasi 359,2 mln AQSH dollarini tashkil etib, shundan eksport hajmi 117,8 mln AQSH dollarini, import hajmi esa 241,4 mln AQSH dollarini tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan shahrida 5,7 trln so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 114,7 % ni tashkil etdi. 

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatida jami 3 005 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, 2016- yilning mos davriga nisbatan 1 059 taga ko‘paygan.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2024- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 6 va undan ko‘p kishili uy xo‘jaliklari 37,9 % ni tashkil etmoqda.

Joriy yilning 24- sentabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Korrupsiya – kelajak kushandasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi 853,1 mln AQSH dollarini tashkil etib, shundan eksport hajmi 391,7 mln AQSH dollarini, import hajmi esa 461,4 mln AQSH dollarini tashkil etgan. 

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 13,7 trln so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 2,0 trln so‘mga ko‘paygan.

2024- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha 1453 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-avgust oylarida 4 trln 875,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

2023- yilning dastlabki yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yashirin iqtisodiyotida 99 581,7 mlrd so‘m yalpi qo‘shilgan qiymati yaratilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimiz bo‘yicha avtomobil transportida 2,2 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib,  o‘sish surati 2023- yilning mos davriga nisbatan 117,4 foizga yetgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimiz bo‘yicha jami 16 trln 888,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Shundan, 14,2 foizi yoki 2 trln 436,8 mlrd so‘mi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyati 5 ta xorijiy davlatdan qiymati 6,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan jami 5,5 ming tonna choy mahsulotlari importini amalga oshirgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatida sanoat korxonalari tomonidan 843,0 ming tonna sement ishlab chiqarilgan.