Tashrif dasturiga muvofiq, Goskomstat vakillari Tedjon shaxridagi statistika rivojlanishi tarixiga bag'ishlangan ko'rgazma zaliga tashrif buyurishdi. Shuningdek, Dongnam (Busan) hududiy statistika boshqarmasiga tashrif uyushtirildi. Dongnam hududiy statistika boshqarmasi direktori va xodimlari bilan uchrashuv tashkillashtirildi. Narx statistikasi kuzatuvi bo’yicha videorolik va presentatsiya namoyish etildi.
30.11 - 04.12.2015y. Goskomstat vakillarining qishloq xo`jaligi va baliqchilik soxasida ro`yxatga olish kuzatuvlari bilan tanishish maqsadida o`tkazilgan treningda qatnashish uchun KOSTATga tashrifi.
Treningning asosiy maqsadi Goskomstat vakillarini Koreyaning qishloq xo`jalik va baliqchilik sohasida kuzatuvlarini o`tkazilish tartibi, ma`lumotlarni yig`ish usullari, kuzatuv natijalarini umumlashtirish va shakllantirish tartibi bilan tanishtirish hamda shu yo`nalishdagi tajribalar bilan o`zaro almashish edi.
Tashrif mobaynida Goskomstat vakillari Busan, Sejon, Xion Doy, Dongnam va Seul shaharlaridagi xududiy statistik boshqarmalari faoliyati bilan hamda qishloq xo`jaligi va baliqchilik sohasida statistik kuzatuvini tashkillashtirish, olingan ma`lumotlarni tahlil qilish, ma`lumotlarni dasturiy ta`minotga kiritish jarayoni bilan tanishib chiqishdi.
Tashrif dasturiga asosan, Goskomstat vakillari Gijang markaziy boshqarmasiga va axborot markaziga hamda qator fermer va uy xo`jaliklariga tashrif uyushtirishdi.
26.04 - 01.05.2015у. KOSTAT vakillarining O`zbekiston va Koreyaning aholi sonini xisoblashning amaldagi metodikasi bilan tanishish, aholini ro`yxatga olish, qishloq xo`jaligini ro`yxatga olishni tashkillashtirish masalalari bo`yicha Goskomstatga uyushtirgan tashrifi.
Ikki tomonlama uchrashuv mobaynida Goskomstat tomonidan O`zbekiston Respublikasi aholi sonini amaldagi ro`yxatga olish metodikasi, 2011 yilgi aholi sonini tanlanma kuzatuvini tashkillashtirish va o`tkazilish jarayoni, O`zbekistonda qishloq xo`jaligi statistikasi bilan bog`liq masalalarga izox berildi.
KOSTAT vakillari Koreyada muntazam o`tkaziladigan aholini va qishloq xo`jaligini ro`yxatga olinishi to`g`risida prezentatsiyalarini namoyish qilishdi.
Tashrif doirasida KOSTAT vakillarini Samarqand viloyati statistika boshqarmasiga tashrifi tashkillashtirildi.
25.05 - 01.06.2014y. Goskomstat vakillarining statistik ma`lumotlarni tarqatish jarayonida ma`lumotlarni vizuallashtirish, statistik tizimni yaxshilash borasida Koreya strategiyasini o`rganish, uy xo`jaliklari daromad va harajatlari kuzatuvi jarayonida elektron kundalikdan foydalanish sohalarida tajriba almashish borasidagi KOSTATga tashrifi.
Uchrashuv davomida Goskomstat amaliyotida qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilari va qishloq xo`jaligi maxsulotlari narxlari bo`yicha statistik kuzatuvlarni tashkillashtirish borasida fikrlar almashinuvi bo`lib o`tdi. Goskomstat vakillari Koreyaning qishloq xo`jaligi statistikasi va guruch yetishtirish kuzatuvini tashkillashtirish tartibi bilan tanishib chiqishdi.
Uchrashuv doirasida Goskomstat vakillari Dong-nam xududiy statistik boshqarmasi faoliyati bilan tanishishdi.
17.09 - 20.09.2013y. KOSTAT vakillarining ishchi kuchi kuzatuvlarini internetdan foydalangan holda tashkillashtirish, uy xo`jaligi daromad/xarajatlari kuzatuvlarida, uy xo`jaligi turmush darajasi kuzatuvlarida va moliyaviy kuzatuvlarida elektron jurnaldan foydalanish bo`yicha tajriba almashish borasida Goskomstatga tashrifi.
KOSTAT vakillari O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy statistikani qamrab oluvchi sohalar, ularning statistik kuzatuv usullari, statistik kuzatuvlar jarayonida, statistik ma`lumotlarning davriyligini shakllantirishda Goskomstat tomonidan foydalaniladigan statistik hisobot turlari, statistik nashrlar va foydalanuvchilar turlari bilan qisqacha tanishib chiqishdi. Shuningdek, uchrashuv doirasida yuqorida ko`rsatilgan mavzularda namoyish etilgan prezentatsiyalar bo`yicha qiziqtirgan savollar muxokama qilindi.
KOSTAT delegatsiyasi 19-20 sentyabr kunlari tashrif dasturiga binoan Samarqand viloyat statistikasiga tashrif buyurib, Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylarini ko`zdan kechirishdi.
18.06 – 22.06.2012 y. Goskomstat vakillarining milliy statistika tizimlarining tuzilishi va faoliyati bo`yicha tajriba almashish borasidagi KOSTATga tashrifi.
19 dan 21 iyunga qadar Tedjon va Sunchen shaharlarida O`zbekiston va Koreya statistika vakillarining statistik tizimni muvofiqlashtirish va strategik rejalashtirish, sifat tizimini joriy qilish, statistika tizimida Internet-texnologiyalarni amaliyotda qo`llanishini tashkil etish bilan bog`liq masalalarda muzokaralar bo`lib o`tdi.
Tashrif doirasida tomonlarning tegishli taqdimotlari namoyish etildi.
Shuningdek Goskomstat vakillari KOSTATning hududiy boshqarmalari faoliyati, ularning statistik ma`lumotlarni yig`ish va qayta ishlashda foydalanadigan texnologiyalari bilan tanishib chiqishdi.
22.08 - 26.08.2011 y. KOSTAT vakillarining Anglashuv Memorandumini imzolash, davlatlarning milliy statitika tizimlari bilan o`zaro tanishuvi borasidagi Goskomstatga tashrifi.
2011 yil 24 avgust kuni Goskomstat va KOSTAT o`rtasida statistika sohasida hamkorlik to`g`risida Anglashuv Memorandumi imzolandi.
Ikki tomonlama uchrashuv mobaynida KOSTAT delegatsiyasi O`zbekiston Respublikasi statistika tizimi va davlat statistikasi rivojlanishining yakin istiqboldagi asosiy yo`nalishlari bilan tanishishdi. Tomonlar, shuningdek, statistika sohasidagi hamkorlik mavzusida muzokaralar o`tkazishdi.
Uchrashuv mobaynida KOSTAT vakillari Samarqand viloyat statistika boshqarmasiga tashrif buyurishdi hamda Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylarini ko`zdan kechirishdi.