So'nggi yangiliklar
30/03/2022 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-fevral oylarida 13 ta xorijiy davlatga qiymati 45,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 44,1 ming tonna polietilen eksport qilgan.
2022- yilning fevral oyida karam narxlari yanvar oyiga nisbatan yaʼni, bir oyda oʻrtacha 3 % ga oshgan.
So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan rivojlangan davlatlar bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, mamlakatlarni ijtimoiy-iqtisodiy, savdo-sanoat hamda madaniy sohalardagi aloqalarini rivojlantirish borasida katta ishlar amalga oshirilayotganini ko‘rish mumkin.
Viloyatning tashqi iqtisodiy faoliyati, xususan tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi aholining turmush darajasiga bevosita o‘z ta`sirini o‘tkazadi.
30/03/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning 1- mart holatiga Namangan viloyatida Turkiya kapitali ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 39 tani tashkil etmoqda.
30/03/2022 • So'nggi yangiliklar
Namangan viloyati, jahonning 58 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.
2022- yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston qiymati 113,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 164 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 33 ming tonnaga oshgan.
29/03/2022 • So'nggi yangiliklar
2021- yil yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 5 022,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yil bilan taqqoslaganda 17,9 % ga o‘sdi.
29/03/2022 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 25- mart kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida “Аxborot xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlar” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Unda boshqarma rahbariyati, bo‘lim boshliqlari va mutaxassislar ishtirok etdi.
29/03/2022 • So'nggi yangiliklar
Namangan viloyati bo‘yicha 2022- yilning yanvar-fevral oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 2 125,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yil yanvar-fevral oylariga nisbatan 10,2 % ga ko‘paygan.
29/03/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-fevral oylarida Namangan viloyatida norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 18,9 % ni tashkil etib 132,2 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 2021- yilning mos davriga nisbatan 102,2 % ni tashkil etdi.
29/03/2022 • So'nggi yangiliklar
Ma'lumki O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi. Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad — Oʼzbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlarini belgilash va uni amalga oshirish uchun zarur boʼlgan ishonchli va xolis axborotni olishdan iboratdir.
29/03/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-fevral oylarida Namangan viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 518,5 mlrd. so’mni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 1,0 % (foiz) punktga ko’payganini ko’rish mumkin.
29/03/2022 • So'nggi yangiliklar
Davlatimiz rahbari boshchiligida 2020- yilning 1- iyun kuni milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 29-30 mart kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.
Davlat statistika qoʻmitasining isteʼmol narxlari kuzatuvi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning fevral oyida olma narxlari yanvar oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 3,8 % ga oshgan.Olma narxlari yil boshidan buyon oʻrtacha 9,6 % ga qimmatlashgani kuzatilgan.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar oyida respublika boʻyicha jami 1 437 nafar egizak chaqaloq tugʻilgan.
28/03/2022 • So'nggi yangiliklar
2022-yilning yanvar-fevral oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 1549,7 mlrd. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 79,4 % ini tashkil etdi.