So'nggi yangiliklar

2024- yil yanvar-aprel oylarida Namangan viloyatidan xorijiy davlatlarga qiymati 645,2 ming AQSH dollarilik  296,1 tonna quritilgan uzum eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2023- yilning mos davriga nisbatan 98,1 % ga ko'paydi.

2024- yil yanvar-aprel oyida import tarkibida mashinalar va transport asbob-uskunalari hajmi 90,0 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2023- yilning shu davriga nisbatan 17,0 % ga ko‘paydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 36,8 % ga yetdi.

2024-yilning yanvar-aprel oyida Namangan viloyatida ko'rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 988,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 87,8 % ga yetgan. 

2024- yil 1- aprel holatiga faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni har 1000 aholiga nisbatan 9,3 birlikni tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2023- yilga nisbatan 0,9 birlikka kamaygan.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimizda kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha yangi qurilish hisobidan 922,9 mlrd soʻmlik ishlar bajarildi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida respublikamiz bo'yicha telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 6,4 trln soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy investitsiya va kreditlarning  jami asosiy kapitalga  investitsiyalar hajmidagi ulushi 68,9 %ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-aprel oylari yakunida Namangan viloyati bo‘yicha sanoat mahsulotlari ishlab chiqishda metallurgiya sanoatining ulushi 2,9 % ga teng bo'ldi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 9 253,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2023-yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 8,3 % ga o‘sdi.

2024- yilning yanvar-aprel oylarida Namangan viloyatida ko‘rsatilgan ijara xizmatlari hajmi 103,6 mlrd. so‘mgni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,9 %ga ko‘paygan.

2023/2024-oʻquv yili boshida Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʻlim tashkilotlarining kechki taʻlim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni 45, 1 ming nafarni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimizda yirik korxonalar tomonidan 12,6 ming tonna paxta tolasi ishlab chiqarilgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan 2024-yilning yanvar-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 3 kishi yashaydigan uy xoʻjaliklari 10,5 % ni tashkil etmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida viloyatimiz boʻyicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 983,1 tonna baliq ovlangan.