So'nggi yangiliklar

2022-yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyati korxonalari tomonidan 7 trln. 754,3 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2021-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 8,6 % ko‘paygan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-iyun oylarida oliy taʼlim sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 3,5 trln. so‘mni yoki ta’lim sohasida ko‘rsatilgan jami bozor xizmatlari hajmining 52,0 foizini tashkil etdi.

2022- yil yanvar-iyun oylarida avtomobil transportida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida taksi xizmatlarining ulushi 49,7 %ni yoki 9,5 trln. so‘mni tashkil etgan.

2022-yil yanvar-iyun holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari hajmining o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 61,3 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar va 29,7 % ni tashkil etuvchi

2022- yilning 1-31 avgust kunlari respublikamizning barcha hududularida aholi punktlarida turar joylar va binolar ro‘yxatini tuzish hamda registratorlik hududining sxematik rejasiga aniqlik kiritish maqsadida registratorlar ishga jalb qilinishi belgilangan. 

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Аbdurazakov Toshkent shahrida oʼtkazilayotgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning hududlar rahbarlari forumida ishtirok etmoqda.

2022- yil yanvar-iyun oylarida Namangan viloyati xorijiy davlatlarga qiymati 158,3 mln.AQSh dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksportini amalga oshirilib,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 avgust kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) Milliy ozchiliklar masalalari bo‘yicha Oliy komissari Qayrat Abdurahmonovni qabul qildi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlari hajmi 1 trln. 133 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan moliyaviy xizmatlar hajmining 228,3 mlrd. so‘mga ko‘payishi kuzatildi.

2022- yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 7 trln. 404,6 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 91,0 % ini tashkil etib, 2021- yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 11,3 % ga o‘sishi kuzatildi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yil 1- iyul holatiga doimiy aholi soni 35 603,4 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 332,1 ming kishiga koʻpaygan.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining umumiy hajmi 54,1 trln. soʻmni yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 103,8 % ni tashkil etdi.

Namangan viloyatida 2022- yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan 2,2 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,7 mingtaga ko‘paygan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyati bo‘yich qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 109,8 %ni tashkil etdi.