So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida aholi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 6,9 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

 2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida transport sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 1 trln 29 mlrd. so‘mga teng bo‘lib, o‘sishi 2023- yilning mos davriga nisbatan 122,5 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda mahalliylashtirish dastur doirasida kiritilgan 119 ta loyiha bo‘yicha jami 441, mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 127,3 mlrd. so‘mga ko‘paygan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yakka tartibdagi turar-joylar qurilishi boʻyicha 4,8 trln. soʻm ishlar bajarilib, 2023-yilning yanvar-mart oyiga nisbatan 21,2 % ga koʻpaydi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlarining hajmi 2,3 trln. so‘mni, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 104,3 % ni tashkil etdi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida jami 229,0 ming kv.metr turar joylar foydalanishga topshirilgan bo‘lib, hududlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich Kosonsoy tumanida 30,1 ming metrni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 263 tonna sariyogʻ ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,1 barobarga oshgan.

Joriy yil 3-may kuni Namangan viloyati Chust tumani Shuvar MFYga qarashli xonadonlarda "Aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy iqtisodiy holatini oʻrganish" boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazildi.

2024- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, viloyatimizda jami 17 696 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat ko‘rsatyayotgan bo‘lib, ular soni so‘nngi besh yilda 2884 taga ko‘paygan. 

Joriy yilning 3- may kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, respublikamiz bo'yicha yalpi ichki mahsulot (YAIM) oʻsishiga qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi tarmogʻi 0,4 f.p., sanoat tarmogʻi – 1,8 f.p., qurilish tarmogʻi – 0,4 f.p. va xizmat koʻrsatish sohasi – 3,4 f.p. ijobiy hissa qoʻshdi

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi – 315,8 mln.AQSH dollarini tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi 2 trln. 946,4 mlrd. so‘mni, o‘sish sur’ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 104,4 % ni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 3,2 ming tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,9  barobarga oshgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyati bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi 3 mln. 642 ming 500 so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2023- yiling mos davriga nisbatan 114,6 %ga yetgan.

2024-yilning 1-aprel holatiga doimiy aholi soni 3079,9 ming kishini tashkil etib, 2024-yil boshidan 13,8 ming kishiga ko‘paydi.