So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 70,4 ming tonna poliz mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 7 % ga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-setabr oylarida Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi 964,6 mln. AQSH dollariga yetib, shundan eksport – 439,9 mln.AQSH dollarini, import – 524,7 mln. AQSH dollarini tashkil etgan.

Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024- yil yanvar-sentabr oylarida mobil/uyali telefonlardan foydalanuvchi 10 va undan katta yoshdagi aholi ulushi 99,2 % ni tashkil etgan.

2024- yilning 1- oktabr holatiga Namangan viloyati bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 14 575 tani tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 235,9 ming tonna meva va rezevorlar yetishtirilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 7,6 % ga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida aholi mablag‘lari hisobidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 2 trln so‘mni tashkil qilib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 7 % ga ko‘paygan. 

Namangan viloyatida 2024- yil 1- oktabr holatiga doimiy aholi soni 3115,3 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 49,2 ming kishiga yoki 1,6 % ga ko‘paydi.

Namangan viloyati bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida 3 757,2 ming so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 115,3 % ga yetgan.

Bugun, 27- oktabr mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tmoqda.

Joriy yilning 24- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ijtimoiy soha statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida jami 995,4 ming kvadrat metr turar joylar foydalanishga topshirilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,5 % ni tashkil etgan.

2024- yilning 1- oktabr holatiga Namangan viloyatining doimiy aholisi soni 3 mln 115,3 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 49,2 ming kishiga ko‘raygan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 21 699,2 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 108,4 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 25- oktabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 47 519,9 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2023- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 7,3 % ga o‘sdi.

2024- yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 1 683,2 ming dona avtomobil oʻrindiqlari ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 23- oktabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari bilan birgalikda “Demografiya, mehnat va gender statistikasi ko‘rsatkichlarining shakllanishi” mavzusida navbatdagi vebinar bo‘lib o‘tdi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.