So'nggi yangiliklar

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyati import tarkibida sanoat mahsulotlari hajmi 98,1 mln. AQSH dollarini tashkil etgan.

 2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyati sanoatida metallurgiya sanoatining ulushi 3,0 % ga teng bo‘lib, 510,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida 23 ming nafar Germaniya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyat bo‘yicha uyushmagan savdo tovar aylanmasi 2,3 trln so‘mni tashkil etgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatida sanoat korxonalari tomonidan 7,4 ming tonna o‘simlik yog‘i ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 1,8 ming tonnaga ko‘paygan.

2024- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, viloyatimizda 26 587 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan qurilish korxonalar soni 1 453 tani tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 4 371,8 ming tonna koʻmir qazib olingan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 13,7 trln so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 2,0 trln so‘mga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatida norasmiy sektorlar tomonidan qiymati 1,6 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. O‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 108,1 % ni tashkil etdi.

2024- yilning 1- sentabr holatiga Yangi Namangan tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 437 tani tashkil etib, ular tomonidan jory yilning yanvar-avgust oylarida 2 trln 256,2 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqrilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida To‘raqo‘rg‘on tumanida 844,4 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 110,3 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 5 961,5 tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 27- sentabr kuni Namangan shahridagi 3- sonli umumta'lim maktabida "Aholini ro‘yxatga olish davr talabi" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Yangiqo‘rg‘on tumanida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 114,0 mlrd so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 112,0 % ni tashkil etgan.